Press-relizlar
"UzBuild" Oʻzbekiston oʻzining qurilish sanoatining flagmani an`analarini davom ettirmoqda
"UzBuild" Oʻzbekiston oʻzining qurilish sanoatining flagmani an'analarini davom ettirmoqda
UzBuild 2022 - Oʻzbekiston qurilish sanoatining yetakchi koʻrgazmasi, UzBuild 2022, Iteca Exhibitions kompaniyasining joriy yilgi bahorgi koʻrgazma mavsumini ochmoqda. Quvonchlisi shuki, koʻrgazma yana oʻzining an'anaviy maydoni - "Oʻzekspomarkaz" MKM'da 2022-yil 1-martdan 4-martgacha boʻlib oʻtadi.
Oʻtgan yillardagidek, "UzBuild" yana bir bor professionallarga keng ekspozitsiya va qurilish materiallari va texnologiyalari assortimentini taqdim etadi hamda mazmunli muzokaralar va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun eng yaxshi biznes platformaga aylanadi.
Oʻzbekiston qurilish sanoati iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri boʻlib, hatto qattiq cheklov choralari davrida ham barqaror yillik oʻsish sur'atlarini koʻrsatmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistonning deyarli har bir shahrida uy-joy va ma'muriy majmualar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, ishlab chiqarish obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari qurilishi, mavjud bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilish ishlari jadal olib borilmoqda.
Bunday keng ko'lamli qurilish ishlari eng yangi texnologiyalar va jihozlardan, zamonaviy qurilish va pardozlash materiallaridan, me'morchilik va interyer dizayni sohasidagi eng so'nggi yutuqlardan foydalanishni talab qiladi.
Ular 19 mamlakatni (Avstriya, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Niderlandlar, Rossiya, AQSh, Turkiya, Oʻzbekiston, Ukraina, Finlyandiya va Frantsiya) namoyon etuvchi 180dan ortiq kompaniya va brend tomonidan taqdim etiladi.
"UzBuild" koʻrgazmasining xalqaro maqomi 146 ta xorijiy kompaniyaning ishtiroki bilan tasdiqlangan, bu raqam eksponentlar umumiy sonining 82 foizini tashkil etadi.
Oʻzbekistonni quyidagi kompaniyalar namoyish etadi: Biznes Aziya, Chemistry, Ecoplit, Profpol, Sam-Ferre, Texnopark, Unichem, Teploizolyatsionnaya Kompaniya, Uzkabel', Dorex, Fachmann Group, Grand Metall Stroy, ETC Uzbekistan, Durable Management, Arton, Texnoprogress, Max Décor, Marmaruz, Узметкомбинат, Epa va boshqalar.
Birinchi beshlik (top 5) xorijiy davlatlari: Turkiya (70 ta kompaniya), Rossiya (28 ta kompaniya), Germaniya (19 ta kompaniya), Italiya (8 ta kompaniya) va Hindiston (6 ta kompaniya).
Turk milliy ekspozitsiyasi ishonchli tarzda koʻrgazma ishtirokchilari - qurilish uskunalari, texnikasi, qurilish va pardozlash materiallari ishlab chiqaruvchilari soni boʻyicha shartsiz ishonchli yetakchilik qilmoqda.
Germaniya milliy stendi ham qurilish texnikasi sohasidagi yangiliklar va ishlanmalar, ya'ni payvandlash uskunalari, beton bloklar ishlab chiqarish liniyalari, yoʻl belgilarini belgilash texnikasi va boshqalarni taqdim etadi.
Rossiya Federatsiyasi Moskva, Omsk, Ulyanovsk va Tyumen oblastlari, shuningdek, yirik eksportchi kompaniyalar jamoaviy stendlari tarkibida texnika, asboblar va interyer yechimlarining keng assortimentini taqdim etadi.
Hindiston milliy ekspozitsiyasining ishtiroki debyut bo'ladi, uning tarkibiga Asia Pacific Impex, Comet Granito Pvt., Commander Vitrified Pvt. Ltd., Sonex Vitrified LLP., Sparten Granito Pvt., Spolo Ceramic Pvt. kompaniyalari - keramika va pardozlash toshlari ishlab chiqaruvchilari kiradi.
Ilk marotaba quyidagi taniqli kompaniyalar taqdim etilmoqda: ВСО ПРОФИЛЬ (Rossiya), Новосталь (Rossiya), CityLife (Qozog'iston), Moldtech (Ispaniya), Альтернатива (Rossiya), Classen Aziya (Qozog'iston/Germaniya), Fachmann Group (Oʻzbekiston), Grand Metall Stroy (Oʻzbekiston), Yilmaz Makina (Turkiya), Зевс (Rossiya), JAF Global G.m.b.H. (Avstriya), RDS Story (Belarus), ETC Uzbekistan (Oʻzbekiston), Hikvision (Xitoy), Cukurova (Turkiya), Max Décor (Oʻzbekiston), Marmaruz (Oʻzbekiston), Северный Фанерный Комбинат (Qozog'iston/Turkiya), OAK Doors (Belarus), Oʻzmetkombinat (Oʻzbekiston), Epa (Oʻzbekiston), Iksa Group (Turkiya), bu UzBuild koʻrgazmasiga mashhur ishlab chiqaruvchilar va brendlarning qiziqishi ortib borayotganidan dalolatdir.
Koʻrgazmaning doimiy ishtirokchilari orasida: B.T. Inovation GmbH (Germaniya), mbk Maschinenbau GmbH (Germaniya), Vollert Anlagebau GmBH (Germaniya), Weckenmann Anlagentechnik GmbH & Co. KG (Germaniya), Gamma Meccanica SPA (Italiya), Breton SPA (Italiya), Schnell SPA (Italiya), Simem SPA (Italiya), Assan Panel (Turkiya), Geomas (Turkiya), Tekin Lunapark (Turkiya), Nordimpianti (Italiya), Prensoland (Ispaniya), Полимерметалл-Т, ТОО (Qozog'iston), Robert Bosch (Qozog'iston/Germaniya), Северсталь (Rossiya), Sloplast (Rossiya), Afinitas (AQSh), Chemistry.uz (Oʻzbekiston), Biznes Aziya (Oʻzbekiston), Sam-Ferre, XK (Oʻzbekiston), Aircrete (Niderlandlar), Tikkurila (Finlyandiya), Dow Izolan (Rossiya), Технониколь (Rossiya), Пеноплекс (Rossiya), Стройкамень (Ukraina), ЮТА (Rossiya), Davut Panel (Turkiya), Могилёвлифтмаш (Belarus Respublikasi), Promax (Turkiya).
An'anaga ko'ra, eng katta qiziqishni qurilish va pardozlash materiallari sektorida namoyish etiladigan: metall, yog'och, alyuminiy, kompozit tuzilmalari, tom yopish materiallari, qurilish kimyosi, shuningdek, pol qoplamalari, keramika, tosh, bo'yoqlar, gulqog'oz, eshiklar, osma shiftlar, deraza tizimlari, jabhalar kabi tashqi va ichki pardozlash materiallari va boshqalar uyg'otadi.
Qurilish uskunalari sektori ham eng kutilayotganlardan biridir - mutaxassislar beton aralashtirish uskunalari, toshga ishlov berish va metallsozlik dastgohlari, maydalagichlar, lenta konveyerlar, payvandlash qurilmalari, qolip tizimlari va ko'plab boshqalarning namunalarini baholashlari mumkin.
Soha mutaxassislari diqqatiga - "Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2022" ixtisoslashgan bo'limi. An'anaviy tarzda, u ochiq maydonda joylashgan va mutaxassislarning yuqori e'tiborini qozonadi. Ekspozitsiya ishtirokchilari eng so'nggi rusumdagi maxsus texnika, butlovchi qismlar, yo'l qurilishi, qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun uskunalar va ko'plab boshqalarni namoyish etadi. Ishtirokchilar orasida 20 dan ortiq taniqli kompaniyalar: Liebherr-International Deutschland GmbH (Germaniya), UK Heavy Machinery (Buyuk Britaniya/Oʻzbekiston), Ambetter Machinery Co., Ltd (Xitoy), Hofmann GmbH (Germaniya), TTC Makina Muh. San. Ve Tic. Ltd. STI. (Turkiya), Oz Fatihler Vinc Mak. San. Ve Tic. Ltd. STI. (Turkiya), Akzemin Muhendislik A.S. (Turkiya), E-MAK Makina INS.TIC. VE SAN. A.S. (Turkiya), Wimac Crane Muh. San. Ve Tic. Ltd. STI. (Turkiya), Трейлер (Rossiya), НПО ИАТЕК (Rossiya), ГЕОСМ (Rossiya), Visan Vinc (Turkiya).
"UzBuild" koʻrgazmasi tarixida ilk bora Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining (MTRK) sayyor studiyasi faoliyat yuritadi. Studiya "Atrium" zali, M-1 stendida joylashgan boʻlib, koʻrgazmadan reportajlar, koʻrgazma ishtirokchilari va ekspertlar bilan suhbatlar va intervyularni jonli efirda olib boradi. Tadbir yoritilishi "Oʻzbekiston 24" va "Toshkent" telekanallarida amalga oshiriladi.
Koʻrgazmaning ish dasturi doirasida 2022-yilning 2-3-mart kunlari 3-Xalqaro qurilish sanoati anjumani - "ICCI 2022" boʻlib oʻtib, u davlat tuzilmalari, tegishli uyushmalar va ittifoqlar vakillarini, qurilish bozorining mutaxassislarini sanoatning dolzarb tendentsiyalarini muhokama qilish uchun birlashtiradi. Anjuman mavzusi: "Kelajakning bugungi ko'rinishi - yangi Oʻzbekiston qurilishi: islohotlar va oʻzgarish davri". Qurilishni rivojlantirishning yangi tendenciyalari, zamonaviy qurilish materiallari va samarali qurilish tehnologiyalari, mahalliy va xalqaro ko'chmas mulk bozori, BIM tehnologiyalari va boshqa mavzular ko'rib chiqiladi. Belarus Respublikasi, Isroil, Niderlandlar, Rossiya, Turkiya va Frantsiyadan 18 nafar maruzachi muhokamalarda ishtirok etishini tasdiqladi.
Shuningdek, 2022-yilda "UzBuild" koʻrgazmasida ilk marotaba "Turkish Airlines" rasmiy aviakompaniyasi mavjud boʻlib, u barcha ishtirokchilar va tashrifchilarga maxsus chegirmalar taklif etadi. Onlayn bron qilish vositasidan foydalanish uchun tadbirning 012TKM22 promo-kodini "Turkish Airlines" rasmiy saytida terish kifoya https://bit.ly/UB_airlines.
Koʻrgazmaga rasmiy koʻmak koʻrsatmoqda:
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
- "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi
- "QurilishMashLizing" RILK AJ
- Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
- Tashkiliy koʻmak: "Oʻzekspomarkaz" MKM
Koʻrgazma va anjumanning Bosh homiysi: KOC Construction (Turkiya) / PIRAMIT
Hamkorlar: Kongress Servis, ССА
Texnik hamkor: Led Design Group
Internet hamkor: Tas-Net
Voqea tashkilotchisi: Iteca Exhibitions xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Group.
Shubhasiz, "UzBuild 2022" xorijiy va mahalliy soha mutaxassislarida katta qiziqish uyg'otadi, ular qurilish va qurilish materiallari sanoati sohasidagi so'nggi tendentsiyalar va trendlar bilan tanishish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.
Koʻrgazma Iteca Exhibitions kompaniyasining barcha tadbirlari singari Oʻzbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasi va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik me'yorlar va qoidalari talablariga qat'iy muvofiqlikda o'tkaziladi.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + (998 93) 180 03 42,
E-mail: pr@iteca.uz