28- O`zbekiston Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2027» ko`rgazmasi

16 - 18 mart 2027, "O`zekspomarkaz" MKK / Toshkent

Ko`rgazma haqida

UzBuild — Markaziy Osiyodagi qurilish sohasining asosiy voqeasi

UzBuild mintaqadagi eng yirik qurilish va interyer koʻrgazmasi boʻlib, har yili Oʻzbekistonning ishbilarmonlik faoliyatining markazi boʻlgan Toshkentda qurilish hamjamiyatini birlashtiradi. UzBuild shunchaki ko'rgazma emas – balki qurilish sohasining kelajagi shakllanadigan asosiy platformadir.

Aynan shu yerda trendlar paydo bo’ladi, ko‘p millionli shartnomalar tuziladi, strategik sherikliklar o‘rnatiladi va kompaniyalarning xalqaro maydonda ishchanlik obro‘si mustahkamlanadi.

Texnologiyalar. Biznes. Kelajak. Barchasi shu yerda boshlanadi.

UzBuild - bu:
  • Yetakchi jahon brendlari va innovatsion ishlanmalar
  • Yangi bozorlar va eksport imkoniyatlari
  • Asosiy mijozlar va investorlar bilan bevosita muloqot
UzBuild 2026 raqamlarda:
  • 22 mamlakatdan 450 ta kompaniya
  • 6 mamlakatdan 450 nafar delegat
  • 16 000 kv.m ko‘rgazma maydoni
  • 21 mamlakatdan 11 000 dan ortiq professional tashrif buyuruvchilar
Ishtirokchilar orasida - qurilish bozori yetakchilari, materiallar va texnika ishlab chiqaruvchilari, developerlar, distribyutorlar, arxitektorlar, davlat sektori vakillari va investorlar.

Buyuk Britaniya, Germaniya va Turkiya milliy pavilyonlari o‘z ishtiroki bilan UzBuild ko‘rgazmasining Markaziy Osiyo qurilish sohasining yetakchi xalqaro platformasi maqomini tasdiqladi.

Sohaning 12 ixtisoslashtirilgan bo'limi
Ko'rgazma har yili qurilish va interyerning barcha yo'nalishlarini qamrab oladi - poydevor va me'moriy yechimlardan tortib pardozlash va bezash uchun innovatsion materiallar va texnologiyalargacha.

Qurilish texnikasi va texnologiyalari sohasidagi eng yangi texnologik yechimlar va ilg‘or ishlanmalar, qurilish materiallari ishlab chiqarish uskunalari namoyish etadigan BuildTech bo‘limiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

UzBuild 2026 natijalari ko‘rgazma ahamiyati to‘g‘risida dalolat beradi:
  • Ishtirokchilarning 92 foizi ishtirok etishni biznesni rivojlantirish uchun muhim deb hisoblaydi
  • 84% UzBuildni hamkorlariga tavsiya qiladi
  • 77% yangi biznes aloqalarini o'rnatdi
  • 94% UzBuild 2027 ko‘rgazmasida ishtirok etishni rejalashtirmoqda
UzBuild 2027: Yangi imkoniyatlar vaqti!
2027 yil 16–18 mart kunlari, Toshkent, Oʻzbekiston
Quyidagi soha yetakchilari bir joyda uchrashadilar:
  • Eng yirik kompaniyalar rahbarlari
  • Yetkazib beruvchilar va developerlar
  • Arxitektorlar va loyihachilar
  • Investorlar va davlat organlari vakillari
Mintaqaning eng yirik qurilish tadbiriga qoʻshiling va sanoatni olgʻa suruvchi xalqaro hamjamiyatning bir qismiga aylaning!

Stendingizni bugunoq bron qiling!

Brendingizni mustahkamlang, sherikchilik tarmog'ingizni kengaytiring va o'z yechimlaringizni minglab professionallarga taqdim eting!

Hisobot videosi / Ishtirokchilardan video-izohlar

Ishtirokchilar ro'yxati
Homiy va hamkorlar