Press-relizlar
UzBuild - qurilish sanoatining jahon trendlarini taqdim etadi
O'zbekiston qurilish sanoatining yetakchi ko'rgazmasi – UzBuild 2021 22-sentabr kuni yangi maydonda – Toshkent shahridagi Anhor Lokomotiv bog'ida start oladi va bu safar ko'rgazmalarning kuzgi mavsumini ochadi. Ko'rgazma 22–24 sentabr kunlari jonli muloqot formatida uch kun davomida ishlaydi va kelajakdagi hamkorlik istiqbollarini belgilash uchun eng yaxshi biznes platforma bo‘lishiga umid bildiradi.
UzBuild pandemiya sharoitlari sababli o'tkazilish joyini o'zgartirdi, biroq bir yarim yil o'tgach, sohaning eng ilg‘or qurilish texnologiyalari va pardozlash materiallari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish imkoniyatini saqlab qoldi. Jahon va mahalliy qurilish sanoati yangi voqelik va sharoitlarga moslashib, tez sur’atlarda rivojlanishda davom etmoqda hamda so‘nggi tendensiyalar va yutuqlarni aks ettiradi, ular UzBuild 2021’da namoyish etiladi.
O'zbekiston qurilish sanoati – iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri bo‘lib, karantin cheklovlariga qaramay, barqaror yillik o‘sishni ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda deyarli barcha yirik shaharlarda yangi binolar, uy-joy va kommunal majmualar qurilishi, shuningdek zamonaviy texnologiyalar va innovatsion materiallardan foydalangan holda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Har yili UzBuild yetakchi ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarni jalb etib, eng samarali mahsulotni ilgari surish va qurilish sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mutaxassislar quyidagi segmentlarda eng so‘nggi texnologiyalar va innovatsion mahsulotlar bilan tanishadi: qurilish materiallari ishlab chiqarish uskunalari, qurilish-pardozlash materiallari, deraza, eshik va fasad tizimlari, asbob-uskunalar, yoritish, uy-joy qurilishi, arxitektura va interyer dizayni.
2021-yilda ko‘rgazmada 16 mamlakatdan 150 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi, jumladan: Avstriya, Ozarbayjon, Germaniya, Daniya, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston va Finlyandiya. Xalqaro maqomi 128 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ishtiroki bilan tasdiqlanadi (bu 86% ulush), mahalliy eksponentlar esa 14% ni tashkil etadi.
O‘zbekistondan ishtirokchilar: Imzo/Akfa, Dal Heavy Industries, Durable Beton, Sam-Ferre, JBI Binokor, Mexmash, DSK Binokor, Yuqorichirchiq Energy System, Bektemir Metall Konstruktsiyalari, Unimix/Stone Lider, Unichem va boshqalar.
TOP-3 xorijiy davlatlar: Turkiya (48 kompaniya), Rossiya (43 kompaniya), Qozog‘iston (14 kompaniya).
Turkiya milliy ekspozitsiyasi yana yetakchi bo‘lib, bu yil 48 ishlab chiqaruvchi kompaniya qurilish texnikasi, maxsus uskunalar, pardozlash materiallari, metall konstruktsiyalar, derazalar, eshiklar va boshqa mahsulotlarni taqdim etadi.
Rossiya Federatsiyasi 43 kompaniya bilan qatnashadi, jumladan Tomsk viloyati Savdo-sanoat palatasi, Boshqirdiston, Tatariston, Chuvashiya respublikalari hamda Lipetsk, Omsk va Penza viloyatlari eksport markazlari.
Yangi ishtirokchilar: Invesco Asia (Qozog‘iston/Germaniya), Omsk viloyati eksport markazi, Agregator (Qozog‘iston/Rossiya), Yuta (Rossiya/Latviya), Penza viloyati eksport markazi, Led Illumination (Qozog‘iston), Tomsk viloyati Savdo-sanoat palatasi, Aircrete (Niderlandiya), Yu-Kon Engineering, Siblesstroy-M, Megaflex, Promark (Rossiya) va boshqalar.
Qurilish uskunalari sektorida beton zavodlari va mikserlar, tosh va metallni qayta ishlash uskunalari, maydalagichlar, konveyerlar, payvandlash moslamalari, qolip tizimlari va boshqalar taqdim etiladi. Ishtirokchilar orasida: Imer Group, Breton, Nordim Pianti (Italiya), Gur-San Ins. Mak., General Tas Kirma Mak., Mersan Metal, Ermak Betopan ve Ins. Makineleri, Izomak Otomasyon Elektrik ve Makina, Promaxstar Beton Santralleri – GMM, Saglamlar Punta Kaynak Otomasyon Makina (Turkiya), Prensoland, Verdes (Ispaniya), Spancrete Global Services (AQSh), Pedershaab Concrete Technologies (Daniya), Weckenmann Anlagentechnik (Germaniya) va boshqalar.
Qurilish va pardozlash materiallari sektorida metall, yog‘och, alyuminiy, kompozit konstruktsiyalar, tom yopish, qurilish kimyosi, pol qoplamalari, keramika, tosh, bo‘yoqlar, oboy, eshik, osma shift, deraza tizimlari, fasadlar va boshqa mahsulotlar namoyish etiladi. Interyer va dizayn sohasidan: Akkali Boya ve Kimya, Ar-El Kimya Yapi (Turkiya), Alina (Qozog‘iston), Efbrash, Sloplast, Yung, TM Diora, Absolyut Dek (Rossiya), Teknos (Finlyandiya) va boshqalar.
Uy-joy qurilishi va shaharsozlik sektoridan: AVK GmbH (Avstriya), DSK Binokor (O‘zbekiston), VSO Profil, KSK Tsivil, Rapid Building (Rossiya), Tekin Lunapark Makina, Ideal Kabin / Vega Yapisal Urunler (Turkiya) va boshqalar.
"Qurilish texnikasi va texnologiyalari – BuildTech 2021" bo‘limi ochiq maydonda joylashadi. Bu yerda maxsus texnika, yo‘l qurilishi uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun moslamalar va boshqa yangiliklar taqdim etiladi. Ishtirokchilar orasida: Omag (Germaniya), Vimpo Viskoz Mayi Pompalari, Kren Vinc Makina, Gur-San Ins., Sekizli Makina, Marini Makina, TTC Muhendislik (Turkiya), De Zhou Ncm Machinery (Xitoy), KCP Heavy Machinery (Koreya Respublikasi) va boshqalar.
Ko‘rgazmaga tayyorgarlik jarayonida barcha xavfsizlik standartlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon ko‘rgazma sanoati uyushmasi (UFI) standartlariga qat’iy rioya qilinadi.
Ko‘rgazmaga rasmiy ko‘mak beruvchi tashkilotlar:
· O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
· O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
· “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
· “Qurilishmashlizing” AJ Respublika ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi
· O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Texnik hamkor: Led Design Group
Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions va uning hamkori ICA Eurasia xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz; www.uzbuild.uz · www.buildtech.uz