Press-relizlar
Qurilish mavsumi UzBuild 2020 bilan ishga kirishmoqda!
21-chi O'zbekiston Xalqaro "Qurilish - UzBuild 2020" ko'rgazmasi 2020-yil, 25-28-fevralda Toshkent shahridagi "O'zekspomarkaz" Mkmda bo'lib o'tadi va Iteca Exhibitions Xalqaro ko'rgazma korxonasining yangi ko'rgazma mavsumini ochadi.
Har yili an'anaviy tarzda alohida e'tibor qozonadigan va qurilish jamiyatida o'zini namoyon etgan ushbu xalqaro sanoat maydonida mahalliy va xorijiy qurilish materiallari, texnologiyalar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilarning eng sara yutuqlari va tajribalari namoyish etiladi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi, "Qurilishmashlizing" Respublika ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi AJ, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, "O'zekspomarkaz" Mkm rasmiy ko'magida o'tkazilmoqda.
UzBuild 2020 ko'rgazma bosh homiysi – Kastamonu (Turkiya).
Ekspozisiya:
Ko'rgazma "O'zekspomarkaz" Mkm ko'rgazma maydonining 19000 kvadrat metrdan ortiq maydonini egallaydi.
UzBuild 2020ning aktual bo'limlari: Qurilish va bezash materiallari, Interer va dizayn, Derazalar, Eshiklar, Fasad, Asboblar va mahkamlash, Keramika va pardozlash toshlari, Ko'chmas mulk, Uy qurilishi, Arxitektura va dekorativ dizayn, yorug'lik, elektr, Landshaft va ko'kalamzorlashtirish.
Ko'rgazmada rekord miqdordagi kompaniyalar va brendlar ishtirok etadi — bu yil ular 25 mamlakatdan 400 dan yuqori: Avstriya, AQSH, BAA, Germaniya, Gruziya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Lixtenshteyn, Ozarbayjon, Polsha, Portugaliya, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina, Finlyandiya, Xitoy, Shveytsariya, Yunoniston, O'zbekiston, Qozog'iston, Hindiston.
2020-yilda 175 kompaniya birinchi marotaba ishtirok etadi, ular ichida 134 xalqaro va 25 mahalliy ishlab chiqaruvchilar.
Ishtirokchilarning to'liq ro'yxati bilan ko'rgazmaning www.uzbuild.uz vebsaytida tanishishingiz mumkin.
Amaliy dastur:
UzBuild 2020 amaliy dasturining tadbirlari qurilish bozoridagi asosiy ishtirokchilarni, davlat idoralari, sanoat birlashmalari va kasaba uyushmalarining vakillarini birlashtirib, o'tgan yil natijalarini, dolzarb masalalarni muhokama qilish va kelgusi davr uchun rejalarni taqdim etadi.
Batafsil ma'lumot: uzbuild.uz
"UzBuild 2020" — qurilish sanoatidagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishish va bu sohada ishlab chiqaruvchilar hamda xizmat ko'rsatuvchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatish uchun noyob imkoniyat!
Sizni O'zbekistondagi eng yirik sanoat tadbiriga taklif qilamiz!