Yangiliklar
Toshkentda "UzBuild 2025" Xalqaro qurilish ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.
Poytaxtdagi Uzexpomarkaz va CAEx Uzbekistan pavilonlari dunyoning 21 mamlakatidan kelgan qurilish sohasi ishlab chiqaruvchilariga mezbonlik qilmoqda.
Ko'rgazma qurilish jarayonining butun zanjirini — loyihalashtirishdan interyer dizaynigacha namoyish etmoqda. Tadbirda qurilish materiallari, zamonaviy texnologiyalar, muhandislik tizimlari, arxitektura va dizaynga oid eng so‘nggi ishlanmalar taqdim etilmoqda.
Ko'rgazmaning ochilishiga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov ham tashrif buyurib, pavilonlarni ko‘zdan kechirdi.
U tadbir ishtirokchilari bilan muloqot qilib, qurilish sohasidagi innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni o‘rganish, mahalliy va xalqaro hamkorlikni kengaytirishning ahamiyatiga alohida urg‘u berdi.
Ko'rgazma doirasida B2B uchrashuvlar o'tkazilib, ularda mutaxassislar va tadbirkorlar o'zaro tajriba almashish, yangi texnologiyalar hamda innovatsion yechimlarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Ko'rgazma 27 fevral kuniga qadar davom etadi.
Manba