28- O`zbekiston Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2027» ko`rgazmasi

16 - 18 mart 2027, "O`zekspomarkaz" MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar (for all)

Boris Uborevich-Borovskiy va Viktor Dembovskiy Toshkentda MosBuild D+A Tour doirasida

MosBuild D+A Tour

13-noyabr kuni Toshkentda dizaynerlar va arxitektorlar uchun MosBuild’ning mintaqaviy dasturi – MosBuild D+A Tour bo‘lib o‘tadi.

Tadbirning hamkori O‘zbekistondagi 28-Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2027» ko‘rgazmasi bo‘ladi.

MosBuild D+A Tour arxitektura-dizayn hamjamiyatining yetakchi vakillarini birlashtirib, professional muloqot, tajriba almashish hamda arxitektura va dizayn sohasidagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qilish uchun maydon yaratadi.

D+A Tour’ning maxsus spikerlari MosBuild elchilari – taniqli rossiyalik arxitektor Boris Uborevich-Borovskiy va arxitektura hamda dizayn tarixi mutaxassisi Viktor Dembovskiy bo‘ladilar.

Sana va manzil: 13-noyabr, 13:00 – 18:00
Toshkent, Hilton Tashkent City, O‘qchi ko‘chasi, 1-uy, «Toshkent 5» konferens-zali, 2-qavat

Tadbir dasturida:

  • Zamonaviy interer yaratish asoslari
    Boris Uborevich-Borovskiy, rossiyalik arxitektor, Moskva arxitektura jamiyati raisi, ub.design arxitektura studiyasi rahbari, MosBuild elchisi
  • Professional e’tirof arxitekturasi: kuchli loyihalardan kuchli nomgacha
    Laura Sharipova, 26 yildan ortiq tajribaga ega interer dizayneri, Professional TANU Association prezidenti, TANU milliy ekotizimi, xalqaro mustaqil TANU Design Award mukofoti asoschisi
  • Parij uslubining qirralari. Bugungi kunda dekoratorlar fransuz dizayni markazida qanday ishlamoqda?
    Viktor Dembovskiy, dizayner, arxitektura va dizayn tarixi mutaxassisi, lektor va o‘qituvchi, MosBuild elchisi
  • Makon arxetiplari. Interer orqali ichki olamingiz bilan qanday gaplashish mumkin
    Aleksandra Novella, Espocada reklama direktori

*Dastur to‘ldirilmoqda

Dastur >>

Ro‘yxatdan o‘tish: https://mosbuild.com/mosbuild-d-a-2026-tashkent/

Toshkentda ko‘rishguncha!

Hamkorlar