Press-relizlar
O`zbekistonning qurilish sohasi: UzBuild 2025`dagi trendlar va istiqbollar

"Qurilish - UzBuild 2025" 26-O'zbekiston Xalqaro ko'rgazmasi Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group'ning yubiley 30-ko'rgazma mavsumini ochib, o'z ekspozitsiyasini 2025-yil 25–27-fevral kunlari namoyish etadi.
UzBuild 2025 bir vaqtni o'zida ikkita ko'rgazma maydonida ("O'zekspomarkaz" MKK va "CAEx Uzbekistan") bo'lib o'tayotgan O'zbekistondagi birinchi ko'rgazma hisoblanadi va o'z ekspozitsiyasini "Uzbekistan Construction and Interior Week" yagona brendi ostidagi O'zbekiston Qurilish-interyer haftaligi doirasida namoyish etadi. "Loyihadan - shinamlikgacha to'liq jarayon" shiori ostida o'tkazilayotgan Hafta qurilish va interyer ko'rgazmalari: UzBuild, BuildTech, WoodTech & MebelExpo Uzbekistan hamda ICCI qurilish anjumanini birlashtirdi.
26 yil davomida Markaziy Osiyo qurilish sanoatining flagman xalqaro ko'rgazmasi mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli ulushini – 2024-yilda 6 foizdan ko'prog'ini tashkil etadigan ichki iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmog'i bo'lgan qurilishga innovatsiyalar va investitsiyalarni jalb qilmoqda. Zamonaviy qurilish texnikasi va materiallaridan foydalanish qurilish ishlarini olib borishda hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan joriy etilgan "Yangi Toshkent" va "Yangi O'zbekiston" keng ko'lamli dasturlarini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi.
UzBuild ko'rgazmasi har yili mutaxassislar, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uchun eng so'nggi trendlar bilan tanishish uchun qulay maydon va o'z mahsulotlari va texnologiyalarini ilgari surish uchun samarali vosita bo'lib kelmoqda. Ekspozisiyaning juda keng assortimenti UzBuild kontseptsiyasini - qurilish jarayonini g'oyadan tortib to mujassamlashgacha ta'minlashni, ya'ni texnologik jarayonning butun zanjirini – loyihalashdan interyer dizaynigacha namoyish etishni – aks etadi.
Aynan qurilish sanoatini samarali targ'ib qilish bo'yicha ijodiy yondashuvi tufayli 2007-yilda ko'rgazma "Butunjahon ko'rgazma sanoati assosiasiyasi (UFI) tomonidan tasdiqlangan tadbirlar" sertifikatini oldi, ushbu sertifikat bilan ko'rgazma o'tkazilayotgan mamlakatni milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo'shgan va xalqaro biznes hamjamiyati tomonidan tan olingan tadbirlar tasdiqlanadi va bu maqom muntazam ravishda tasdiqlanmoqda. Bu yil ko'rgazma yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan tadbir maqomini tasdiqlash uchun yana bir bor auditdan o'tmoqda.
Nafaqat O'zbekistondagi, balki butun Markaziy Osiyodagi qurilish sanoatida ishtirokchilar ko'lami va soni bo'yicha №1 ko'rgazma tadbiri sifatida UzBuild yetakchi uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarini, shuningdek, yangi texnologiyalar ishlab chiquvchilarini jalb etishga urg'u berib, ishtirokchilar sonini ko'paytirish va geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda.
UzBuild 2025da dunyoning quyidagi 21 mamlakati: Avstriya, BAA, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Polsha, Rossiya Federatsiyasi, Tailand, Turkiya, Turkmaniston, Xitoy, Eron, O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'istondan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi.
Ko'rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari sonining ortib borayotgani uni bir vaqtning o'zida ikkita maydonda – "O'zekspomarkaz" MKK va CAEx Uzbekistan'da o'tkazish zaruriyatini keltirib chiqardi. Butun Haftalik ekspozisiyalari 22 ta davlatdan 516 ta kompaniya va brendlarni birlashtiradi. Ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarilarga qulaylik yaratish uchun ekspozisiya aniq segmentlangan rejaga muvofiq joylashtiriladi, bu esa tadbirda ishlarni samarali tashkil etish imkonini beradi.
"O'zekspomarkaz" MKKda UzBuild ko'rgazmasining interyaer qismi (Bo'limlar: Deraza va eshiklar, Dekorativ yoritish, Pol qoplamalari, Dekorativ panellar, Oboylar va karnizlar, Landshaft dizayni, "Aqlli uy" texnologiyalari va hokazo) joylashadi. Uni yog'ochsozlik texnologiyalari, mebel butlovchi qismlari va mebel sanoatiga bag'ishlangan WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2025 21-Xalqaro ko'rgazmasi tabiiy ravishda to'ldiradi.
CAEx Uzbekistan o'z maydonida UzBuild ko'rgazmasining quyidagi bo'limlarini qabul qiladi: Qurilish uskunalari, Asbob-uskunalar, Liftlar, Qurilish materiallari, Opalubka va havozalar, Metall buyumlari, Tosh va keramika, Qurilish kimyosi, Elektrika va kabel mahsulotlari. BuildTech ixtisoslashtirilgan bo'limining ekspozitsiyasi ochiq ko'rik maydonida joylashadi.
Shuningdek, CAEx Uzbekistan'da qurilish haftaligining biznes dasturi doirasida o'tkaziladigan ICCI 2025 xalqaro qurilish sanoati anjumani tajriba almashish va qurilish sohasidagi ilg'or yechimlarni muhokama qilish uchun ekspert maydonini taqdim etadi.
55 yildan ortiq ish tajribasiga ega – O'zbekiston, Turkiya, MDH mamlakatlari va Afrikada loyihalarni amalga oshirayotgan KOC Construction qurilish kompaniyasi yana bir bor ko‘rgazmaning bosh homiysi bo'ladi.
Xorijiy ishtirokchilarning ulushi 75 foizni tashkil etdi. Xorijiy mamlakatlar orasida ishtirokchilar soni bo'yicha Top-6 mamlakat: Xitoy – 132 ta kompaniya, Rossiya – 52 ta kompaniya, Turkiya – 30 ta kompaniya, Germaniya – 19 ta kompaniya, Buyuk Britaniya – 15 ta ishtirokchi, Qozog'iston – 10 ta kompaniya. Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya Milliy pavilyonlari, Rossiya Federatsiyasi quyidagi hududlarining jamoaviy stendlari: Tatariston Respublikasi, Moskva, Pskov, Lipesk, Kaluga oblastlari, Krasnoyarsk o'lkasi, Ural SSP, Boshqirdiston Respublikasi, shuningdek, Ispaniya Qurilish va tog'-kon uskunalari uyushmasi (ANMOPYC)ning jamoaviy stendi namoyish etiladi.
O'zbekistonlik kompaniyalar ko'rgazma eksponentlari umumiy sonining to'rtdan bir qismini tashkil etadi. Bular mahalliy kompaniyalar va brendlardir - ham yirik taniqli ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar: O'zmetkombinat, Akfa Building Materials (Ytong), Techno Commerce, Toshkent metallurgiya zavodi, Arton, Basalt Wool, Uzkabel, Русский Лес, Tiancheng Stone, Imperial Granite, Durable Stone, Twin Stone hamda KO'B subyektlari.
UzBuild ko'rgazmasining muhim tarkibiy qismi – "Qurilish texnikasi va texnologiyalari – BuildTech 2025" ixtisoslashtirilgan bo'limi - ochiq maydonda KCP Co., Ltd. (Koreya Respublikasi) va Eurasian Construction Machinery (Qozo'‘iston) kabi taniqli kompaniyalar mahsulotlari - qurilish texnikasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish uskunalari, yo'l qurilishi texnologiyalari, beton aralashtirish uskunalari va ko'plab boshqa mahsulotlarni namoyish etadi.
Ko'rgazmaning biznes dasturining asosiy voqeasi - ICCI 2025 Qurilish sanoati 6-Xalqaro anjumani 2025-yil 25–26-fevral kunlari CAEx Uzbekistan'da bo'lib o‘tadi. Anjuman qurilish sanoatining asosiy tendentsiyalari va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun davlat tuzilmalari, ixtisoslashgan uyushmalar va birlashmalar vakillarini, qurilish bozorining yetakchi ekspertlarini birlashtiradi. Bu yilgi anjumanning asosiy mavzusi: "Yangi O‘zbekistonning qurilish salohiyati". Muhokamalarda 10 mamlakatdan 40 dan ortiq ma'ruzachi va 650 delegat ishtirok etadi.
Ko'rgazma yirik korporatsiyalardan tortib, qurilishda o'z innovatsiyalarini taqdim etishga intilayotgan startaplargacha bo'lgan barcha darajadagi ishtirokchilar uchun o'z eshiklarni ochadi. Tashkilotchilar O'zbekiston va qo'shni mamlakatlar bozori sifatli, innovatsion yechimlar bilan to'ldirilishiga umid bildirmoqda. Ko'rgazma ko'lamining o'sishiga qaramay, mutaxassislar uchun ikkita maydonda joylashgan sektorlar mavzusi asosida o'zlarini qiziqtirgan mahsulot yoki xizmatni topish oson bo'ladi. Shu maqsadda tashkilotchilar Iteca Connect maxsus mobil ilovasini takomillashtirdilar, ilova orqali uchrashuvlar jadvalini va yo'nalishlarni oldindan rejalashtirish mumkin. Shuningdek, ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ikkita maydon o'rtasida shattllarning muntazam qatnovi tashkil etildi, infodeskalar o'rnatildi.
Tadbir tashkilotchisi: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Ko'rgazma bosh homiysi:

Ko'rgazma quyidagi rasmiy ko‘magi ostida o‘tkazilmoqda:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent shahar hokimligi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Yangi Toshkent" shahrini barpo etish direksiyasi

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi

" O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

"QurilishMashLizing" Respublika ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi AJ

Tashkiliy ko'mak:
CAEx Uzbekistan 

Hamkorlar:


Rasmiy transport-
logistika hamkori

Texnik
hamkor:

Internet-hamkor:


Qo'shimcha ma'lumot uchun, iltimos, Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + 998 71 205 18 18
E-mail: pr@iteca.uz