Press-relizlar
O`zbekiston Qurilish Haftaligi – mamlakat qurilish sikli uchun kerakli yechimlar!

O'zbekiston Qurilish va Interyer Haftaligi - «Uzbekistan Construction and Interior Week» Iteca Exhibitions Xalqaro ko'rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group ko'rgazma mavsumini ochadi va bir qator muhim soha tadbirlarini o'z ichiga oladi:
• «Qurilish – UzBuild 2026» 27- O'zbekiston xalqaro ko'rgazmasi
• "Qurilish uskunalari va texnologiyalari - BuildTech 2026" UzBuildning ixtisoslashtirilgan bo'limi
• 7-O'zbekiston qurilish sanoati Xalqaro anjumani - ICCI 2026
Tadbirlar 2026-yil 10-12-fevral kunlari "Oʻzekspomarkaz" MKKning barcha pavilyonlarida boʻlib oʻtadi.
Qurilish haftaligining Bosh homiysi O'zbekistonda infratuzilma va yer usti qurilish loyihalarini amalga oshirishda yetakchi kompaniya bo'lgan ÇELIKER HOLDING.
Bu yil Haftalikda quyidagi 22 mamlakatdan 450 ta kompaniya va brend ishtirok etmoqda: AQSh, BAA, Belarus Respublikasi, Chexiya, Eron, Germaniya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Malta, Ozarbayjon, Portugaliya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya, Xitoy, Yaponiya va Oʻzbekiston.
Qurilish va interyer haftaligining markaziy tadbiri boʻlgan UzBuild 2026 - 27-Oʻzbekiston xalqaro qurilish koʻrgazmasi mamlakatning asosiy sanoat platformasi maqomiga haqli ravishda ega va yillar davomida Oʻzbekistonni xorijda tanitadigan milliy brend sifatida oʻzini namoyon qildi.
Qurilish sanoati hududlarning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi, asosiy fondlarni yaratish, uy-joy qurish, infratuzilmani rivojlantirish va ish o'rinlarini yaratishni ta'minlaydi. So'nggi yillarda qurilish O'zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi, yalpi ichki mahsulotning 7 foizigacha ulushini tashkil etadi va barqaror o'sishni namoyish etadi (2025-yilda 14,2%). So'nggi besh yil ichida qurilish hajmining barqaror o'sishi qurilish materiallari sanoatining dinamik rivojlanishiga turtki bo'ldi va hududlar iqtisodiyotga yangi turtki berdi.
Bunday katta hajmdagi qurilish ishlarini muvaffaqiyatli olib borish va "Yangi Toshkent" va "Yangi O'zbekiston" kabi yirik loyihalarni amalga oshirish zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni, shuningdek, tegishli infratuzilma uchun innovatsion materiallar va yechimlardan foydalanishni talab qiladi.
UzBuild ko'rgazmasining asosiy xususiyati keng qamrovli va innovatsion yondashuvlarni namoyish etishdir, bu uning ishtirokchilari geografiyasining kengayishi va namoyish etilayotgan mahsulotlar va texnologiyalar sifati va turlarining doimiy ravishda o'sishi bilan tasdiqlanadi.
UzBuild 2026 yana bir bor qurilish bozori va unga bog'liq sohalardagi asosiy ishtirokchilarni birlashtiradi – me'morlar va developerlardan tortib pudratchilar va ishlab chiqaruvchilargacha.
Ishtirokchilar orasida qurilish materiallari milliy ishlab chiqaruvchilari sonining sezilarli darajada oshganini ta'kidlash joiz, ular hozirda ichki bozorning o'sib borayotgan ehtiyojlarini muvaffaqiyatli qondirmoqda va shiddatli raqobat sharoitida yangi xorijiy bozorlarga chiqmoqda. Ko'rgazmada 80 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi, ular opalubka, gazbeton bloklar, sendvich panellar, tosh buyumlar, bruscyhatka, izolyatsiya materiallari, qurilish kimyosi, deraza va eshiklar, pol qoplamalari, liftlar va eskalatorlar, kabel mahsulotlari, fasad tizimlari va boshqa ko'plab mahsulotlar namoyish etadi.
Bu yil mamlakatlar milliy va jamoaviy ekspozitsiyalar geografiyasi ajralib turadi: Germaniya, Rossiya va Turkiya milliy pavilyonlarini taqdim etmoqda, Gruziya, Eron va Latviya jamoaviy kompaniya stendlari bilan ishtirok etmoqda.
An'anaga ko'ra, xorijiy ishtirokchilarning ulushi yuqori - bu yil u umumiy ishtirokchilar sonining 79% ni tashkil etdi.
Xorijiy davlatlar orasida ishtirokchilar soni bo'yicha Top-5 mamlakatlar: Xitoy (124 ta kompaniya), Rossiya (81 ta kompaniya), Germaniya (24 ta kompaniya), Turkiya (22 ta kompaniya), Italiya va Qozog'iston (har biri 7 tadan kompaniya).
Bu yil ko'rgazma "O'zekspomarkaz" MKKning barcha pavilyonlarini egallaydi va loyihalashdan tortib pardozlashgacha bo'lgan butun qurilish sikli uchun yangi mahsulotlarni namoyish etadi. Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ko'rgazma mavzular bo'yicha tartiblangan.
Ochiq maydon va 1-pavilyonda qurilish texnikalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish uskunalari, yo'l qurilishi texnologiyalari va boshqa ko'plab mahsulotlar namoyish etiladigan "Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2026" ixtisoslashtirilgan bo'limi joylashgan. Germaniya va Turkiyaning milliy ekspozitsiyalari ham 1-pavilyondan joy olgan. Turkiya kompaniyalari zamonaviy texnologiyalar, qurilish materiallari va muhandislik yechimlarini, Germaniya kompaniyalari ilg'or qurilish texnologiyalari, zamonaviy uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun innovatsion yechimlarni namoyish etadi.
2-pavilyon va 1-Atriumda qurilish materiallari namoyish etiladi, bu yerda zamonaviy qurilish uchun barcha mahsulot va yechimlar to'plangan: qurilish materiallari, tom yopish va fasad tizimlari, qurilish kimyosi, bo'yoqlar va laklar, yelimlar va germetiklar, tosh va bruschatka, sanoat pollari, ilg'or gidro, issiqlik va tovush izolyatsiyasi materiallari hamda samarali va barqaror qurilish uchun boshqa materiallar.
4-pavilyonda derazalar, eshiklar, pol qoplamalari, dekorativ panellar, yoritish, kabel mahsulotlari, elektr jihozlari va boshqa interyer dizayni, bezatish va jihozlash ishlab chiqaruvchilarini birlashtirgan pardozlash materiallari bo'limi joylashgan. Ushbu bo'lim, ayniqsa, yaqin orada uyini yoki ofisini ta'mirlashni rejalashtirayotgan tashrif buyuruvchilar orasida diqqatga sazovor. Shuningdek, Latviya ishlab chiqaruvchilarini birlashtirgan va qurilish materiallaridan tortib, shaharsozlik uchun IT yechimlari va mahsulotlarigacha bo'lgan keng turdagi qurilish yechimlarini namoyish etuvchi "Made in Latvia" jamoaviy stendi ham 4-pavilyondan joy olgan. Ushbu ko'rgazmada birinchi marta tashkil etilgan Latviya jamoaviy stendi Yevropa Ittifoqi kompaniyalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
3-pavilyon qurilish materiallari va qurilish texnologiyalari bo'limlarini birlashtiradi. Pavilyon ekspozitsiyasining katta qismini "Made in Russia" milliy stendi kompaniyalari egallaydi, ular zamonaviy qurilish va pardozlash materiallari, yechimlar va infratuzilma va tijorat loyihalari uchun texnologik ishlanmalarni namoyish etadi, bu esa qurilish jarayonlarini tezroq va tejamkorroq amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, sement, po'lat buyumlari, sendvich panellar yetakchi ishlab chiqaruvchilari va Eron Milliy innovatsiya jamg'armasini o'z ichiga olgan Eron jamoaviy stendi ushbu pavilyonda joylashgan.
Atrium 2 zalida "Made in Georgia" (Gruziya) jamoaviy ekspozitsiyasi ko'rgazmada ilk bor namoyish etiladi. Kompaniyalar keng turdagi qurilish materiallari, keng qamrovli muhandislik MEP-yechimlari va xalqaro darajadagi mehmonxona majmualari uchun loyihalash va qurilish xizmatlarini taklif etadi.
UzBuild 2026 ko'rgazmasida professionallar nafaqat eng so'nggi sanoat yangiliklarini ko'rishlari, balki ularni darhol sinab ko'rishlari ham mumkin! Yetakchi kompaniyalarning eng yangi mahsulotlari va yechimlari ko'rgazma stendlarida mahorat darslari davomida namoyish etiladi. Masalan, «ТЕХНОНИКОЛЬ» kompaniyasining suyuq mixlari va montaj ko'piklari kompaniyaning 2-pavilyondagi stendida amalda namoyish etiladi.
UzBuild biznes dasturining asosiy tadbiri - 7-O'zbekiston qurilish sanoati Xalqaro anjumani - ICCI 2026 10-11 fevral kunlari Atrium-2 zalida bo'lib o'tadi. Anjumanda davlat idoralari, soha uyushmalari vakillari, shuningdek, qurilish bozorining yetakchi ekspertlari qurilish sanoatidagi asosiy tendentsiyalar, muammolar va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun birlashadilar. Bu yilgi anjuman "Yangi O'zbekiston: g'oyalardan keng ko'lamli yechimlargacha" mavzusiga bag'ishlanadi.
Alohida e'tibor "Yangi Toshkent" megaloyihasiga qaratiladi. Spikerlar uni amalga oshirishning hozirgi bosqichi, asosiy loyihalar va yangi shahar muhitining kelajakdagi rivojlanishi — konsepsiyalardan tortib amaliy yechimlargacha — muhokama qiladilar. Anjuman doirasida qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi innovatsiyalarga bag'ishlangan ixtisoslashtirilgan sessiya ham bo'lib o'tadi.
"O'zbekiston xalqaro qurilish va interyer haftaligi" tadbirlari ham ko'rgazma ishtirokchilari, ham sanoat mutaxassislari uchun juda katta amaliy ahamiyatga ega bo'lib, savdo hajmini kengaytirish, yangi uskunalar va texnologiyalarni sotib olish hamda biznes aloqalarini o'rnatish rejalarini amalga oshirish uchun maydon yaratadi.
UzBuildning xalqaro miqyosda tan olinishi 2007-yilda ko'rgazmaga berilgan Jahon Ko'rgazma Sanoati Uyushmasi (UFI) sertifikati bilan tasdiqlanadi. 2025-yilda ko'rgazma yana bir auditdan muvaffaqiyatli o'tdi va yana bir bor ko'rgazma sanoatining eng yuqori global standartlariga muvofiqligini tasdiqladi.
Tashkilotchilar har bir ishtirokchi va tashrif buyuruvchi ko'rgazmada mamlakat qurilish sanoatini yanada yuqori pog'onaga ko'tarishga, qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilishga va ushbu sohada xalqaro hamkorlikka yangi turtki berishga yordam beradigan zarur materiallar va yechimlarni topishiga umid qilmoqda.
Tadbir tashkilotchisi: Iteca Exhibitions Xalqaro ko'rgazmalar kompaniyasi va uning hamkorlari ICA Eurasia Group va Congresses of Central Asia – CCA

Haftalik Bosh homiysi:

Rasmiy ko'mak:
• Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi
• Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish, uy-joy va kommunal xo'jaligi vazirligi
• Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
• Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
• Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
• "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi
• Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi
• Toshkent shahar hokimligi
• "QurilishMashLizing" RSLK AJ
Tashkiliy ko'mak:

Hamkor:

Rasmiy
transport va logistika
hamkori:

Texnik hamkor:

IT hamkor:

Bosh informatsion hamkor:

Informatsion ko'mak:

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: +998 71 205 18 18
E-mail: pr@iteca.uz