27- O`zbekiston Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2026» ko`rgazmasi

10 - 12 fevral 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

UzBuild 2025 Toshkentning ikkita ko`rgazma maydonida bo`lib o`tadi

O'zbekistonning qurilish sohasidagi eng yirik ko'rgazma tadbiri - UzBuild 2025 joriy yilning 25 fevraldan 27 fevral kuniga qadar Toshkentning ikkita ko'rgazma maydonida - "O'zekspomarkaz" MKK va CAEx Uzbekistanda - bo'lib o'tadi.

"Uzbekistan Construction and Interior Week" yagona brendi ostida bir qator qurilish va interyer ko'rgazmalari - UzBuild, BuildTech, MebelExpo & Woodtech Uzbekistan - birlashtiriladi.

Yangi ekspozitsiya formati tematik bo'limlarga muvofiq joylashtiriladi.

"O'zekspomarkaz" MKKda UzBuild ko'rgazmasining interyer qismi (Bo'limlar: Deraza va eshiklar, Dekorativ yoritish, Pol qoplamalari, Dekorativ panellar, Oboylar, Karniz va jalyuzilar, Landshaft dizayni va hokazo) joylashadi. Uni yog'ochsozlik texnologiyalari, mebel butlovchi qismlari va mebel sanoati bo'yicha 21-Xalqaro MebelExpo & Woodtech Uzbekistan 2025 ko'rgazmasi tabiiy ravishda to'ldiradi.

CAEx Uzbekistan o'z maydonida UzBuild ko'rgazmasining quyidagi bo'limlarini qabul qiladi: Qurilish uskunalari, Asboblar, liftlar, Qurilish materiallari, Opalubka va havozalar, Metall buyumlar, Toshlar va keramika, Qurilish kimyosi, Elektr va kabel mahsulotlari. BuildTech ixtisoslashtirilgan bo'limining ekspozitsiyasi ochiq kuzatuv maydonida joylashadi.

Shuningdek, CAEx Uzbekistan'da qurilish haftaligining biznes dasturi: tajriba almashish va qurilish sohasidagi ilg'or yechimlarni muhokama qilish uchun ekspert maydonchasini taqdim etadigan ICCI 2025 Xalqaro qurilish sanoati anjumani bo'lib o'tadi.

Aniq segmentlangan tuzilma ishtirokchilarga o'z mahsulotlarini yanada samarali namoyish etish, tashrif buyruvchilarga esa o'zlarini qiziqtirgan mavzularga e'tiborlarini qaratib, o'z vaqtlaridan samarali foydalanish imkonini beradi.

UzBuild 2025 ko‘rgazmasida quyidagi 20 ta mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar qatnashishi mo‘ljallangan: Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Gruziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, BAA, Polsha, Rossiya, Tailand, Turkiya va O‘zbekiston. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya milliy pavilyonlari hamda Rossiya Federatsiyasini hududlari - Tatariston Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Moskva, Pskov, Lipetsk, Kaluga viloyatlari, Krasnoyarsk o‘lkasi, Ural Savdo-sanoat palatasi, Boshqirdiston Respublikasi jamoaviy stendlarihamda ANMOPYC - Ispaniya qurilish hamda kon-qazish uskunalari assotsiatsiyasining jamoaviy stendi ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ko‘rgazmaga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 14 mingdan ziyod soha mutaxassislari, tegishli rasmiy delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekistonning eksport salohiyati va qurilish sanoatining xalqaro aloqalarini yanada rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Ko'rgazmaning so'nggi yangiliklarini kuzatib boring:
Instagram: @uzbuild_exhibition
Facebook: @uzbuild.uz
Linkedin: @uzbuild
Telegram: @iteca
Uzbekistan Construction and Interior Week xalqaro ko'rgazmalarida ishtirok etish imkoniyatidan foydalaning va bugunoq o'z biznesingizning istiqbolli yo'nalishlarini rivojlantirishni boshlang!
Homiy va hamkorlar
Axborot ko`magi