28- O`zbekiston Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2027» ko`rgazmasi

16 - 18 mart 2027, "O`zekspomarkaz" MKK / Toshkent

Yangiliklar

O`zbekistonda qurilish ruxsatnomalarini olish muddatlarini 10 baravar qisqartirishni istaydilar

Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni yangi yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha urbanizatsiya va uy-joy qurilishi taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hozirda qurilish sohasida ruxsatnomalar olish jarayoni 9 bosqichdan iborat bo‘lib, o‘rtacha 90–120 kun vaqt oladi. Xalqaro amaliyotda esa “qurilishga tayyor yer” mexanizmi orqali bu jarayon atigi 7–15 kunni tashkil etadi.

Ushbu tizimni O‘zbekistonda ham joriy etish taklif qilindi. Barcha tayyorgarlik jarayonlari va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish yer uchastkalari auksionga qo‘yilishidan oldin amalga oshiriladi. Natijada auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkor barcha zarur hujjatlarni qo‘shimcha yig‘ish va kelishuvlarsiz avtomatik ravishda olishi mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga qurilishga tayyor bo‘lmagan yerlarni auksionga qo‘yish taqiqlanadi, barcha jarayonlar esa shaffof va qisqa muddatlarda amalga oshiriladi.

Taqdimotda qurilish sifati avvalo loyiha hujjatlariga bog‘liqligi ham ta’kidlandi. Shu munosabat bilan “ToshboshplanLITI”, “UzshaharsosLITI”, “UzGASHKLITI” va Qishloq qurilish loyiha tashkilotlari faoliyatini tubdan yaxshilash, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish zarurligi qayd etildi.

Urbanizatsiya va uy-joy qurilishi jarayonlarini to‘g‘ri hamda samarali rejalashtirish uchun raqamli texnologiyalardan keng foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Taqdimotda “Uy-joy” axborot tizimini ishlab chiqish taklif qilindi, u bosh va master-rejalar yagona bazasi, “Yer banki” qurilishga tayyor yerlar bazasi, ko‘p qavatli uylarning yagona geoinformatsion bazasi, eskrou tizimi, quruvchilar reytingi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Manba

Homiy va hamkorlar