27- O`zbekiston Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2026» ko`rgazmasi

10 - 12 fevral 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

O‘zbekistonda eskirgan liftlarni yangilash uchun 850 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

Mahalliy hokimiyatlar tomonidan ko‘p qavatli uylardagi eskirgan liftlarni yangilash va ta’mirlash uchun 850 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakatda ko‘p qavatli uylar liftlarining texnik holatini yaxshilash va aholiga xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

«Xavfsiz lift» nomli idoralararo platforma doirasida lift uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar reyestri yuritilmoqda. Reyestrga liftlarni o‘rnatish va ta’mirlash uchun berilgan ruxsatnomalar, ularning amal qilish muddati, shuningdek, mutaxassislar haqida ma’lumotlar kiritilmoqda.

5 491 ta ko‘p qavatli uyga o‘rnatilgan 13 798 ta lift to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra, 2 001 ta liftni to‘liq almashtirish, yana 382 tasini esa ta’mirlash zarurligi aniqlandi.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjetlardan 854,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Manba
Homiy va hamkorlar
Axborot ko`magi