Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, UzBuild xalqaro qurilish ko‘rgazmasi doirasida qator konferensiyalar va panel sessiyalar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda “Yangi Toshkent” direksiyasi mutasaddilari faol ishtirok etib, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.
Ta’kidlash joizki, Yangi Toshkent loyihasi ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Munozaralarga boy bo‘lgan ushbu sessiyalar davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.Ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan faol ishtirok etgan qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbir qurilish sanoatining kelajakdagi rivojlanishi, innovatsion texnologiyalar va xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.